Roma MYU himoyachisini to'laqonli xarid qilmoqchi

30 dek 2020, 22:10
“Roma”da ijara asosida to'p tepayotgan MYU markaziy himoyachisi Kris Smolling rimliklarning to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin.

Bu haqda sport jurnalisti Nikolo Shira o'zining Tvittyerdagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, Rim klubi ingliz grandiga futbolchi uchun 15 million evro (3 million evro bonus) taklif etmoqchi. MYU rahbariyati esa futbolchi transferidan   kamida 20 million evro ishlab olmoqchi. Smolingning o'ziga esa yiliga 3,2 million evrolik shartnoma taklif etiladi.

Joriy yilgi Italiya chempionatida Smolling 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com