"Roma" Mxitaryan bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
1 iyun 2021, 09:50
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli armanistonlik futbolchi klub bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytiradi, uning maoshi 4,5 mln evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Mxitaryan 2020/21 yilgi mavsum "Roma" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'yinchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira