Roma Luis Adriano va Yovetichni 35 million evroga sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2015, 08:56
Roma yozda hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylamoqda.
Rim klubi Shaxter hujumchisi Luis Adriano va Manchester Siti hujumchisi Stevan Yovetich uchun jami 35 million evro to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.

Oldinroq Luis Adriano shartnomasi tugagach Shaxterda qolmasligini aytib o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchiga Liverpul va Arsenal klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru