"Roma" Loftus-Chikni qo'lga kiritmoqchi

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik Italiyaning "Roma" klubi qiziqishlari doirasida turibdi.

Daily Mail xabariga ko'ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo angliyalik futbolchini markaziy zonani kuchaytirish uchun ajoyib variant sifatida ko'rmoqda.

Xabarga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Angliya chempionatining 3 ta klubi ham qiziqish bildirmoqda. Gap futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda ijara asosida o'ynagan "Kristal Pelas", shuningdek, "Vest Xem" va "Everton" klublari haqida ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Roma" o'tgan yozda "Chelsi"ning yana bir tarbiyalanuvchisi Temmi Abrahamni sotib olgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail