"Roma" Klyuyvertning transferini e'lon qildi FOTO

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2018
"Roma" klubi rasman "Ayaks"da o'ynab kelgan hujumchi Jastin Klyuyvertning transferini rasman e'lon qildi.

Transfer summasi 17,25 million evroni tashkil etdi. Bundan tashqari, futbolchining yangi klubidagi o'yinlariga qarab "Ayaks" bonus tariqasida yana 1,5 million evro olishi mumkin.



19 yoshli futbolchi italyan klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Klyuyvert taqdimot uchun "Roma" timsoli bo'lgan bo'ri niqobini kiydi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: asroma.com