"Roma" Jekoni o'rniga Falkaoni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 apr 2016, 15:52
"Roma" joriy mavsum yakunlanganidan so'ng, hujumchi Edin Jekoni sotib, o'rniga "Monako" forvardi Radamel Falkaoni xarid qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, rimliklar Jekoni Xitoyga pullab yuborishi mumkin. Falkaoga keladigan bo'lsak, Rim jamoasi uni xarid qilishda muammolarga duch kelishi mumkin. Kelishuvga halaqit berishi mumkin bo'lgan asosiy sabab kolumbiyalikning maoshi (yiliga 7 mln. evro) hamda Evroittifoq fuqarosi pasportining yo'qligi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport