"Roma" "Inter" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
13 yanv 2025
"Roma" "Inter" yarim himoyachisi Tajon Byukenenga qiziqmoqda.

Rimliklar sport direktori Floran Gisolfi "Inter" bilan bir necha savollarni muhokama qilish uchun Milanda bo'lib turibdi.

Gap nafaqat Frattezi, balki Byunkenen haqida ham bormoqda. "Inter" 25 yoshli yarim himoyachini xarid qilish huquqisiz ijaraga bermasligini ma'lum qildi.

Byukenen joriy mavsum A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: fcinter1908.it