"Roma" ijaraga olingan "Leyptsig" himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024
Anxelino Italiyada qolishi mumkin.

Italiyaning "Roma" jamoasi Germaniyaning "Leyptsig" klubidan ijaraga olingan himoyachi Anxelinoni sotib olmoqchi, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Xabar qilinishicha, rimliklar 27 yoshli Anxelino uchun 5 million evro to'lashga tayyor. Futbolchiga to'rt mavsumlik – 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif etiladi.

Anxelino joriy mavsum "Roma" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira