"Roma" hujumchisini transferga qo'yadi

Sherzod Nurmatov
30 apr 2024
Rimliklar futbolchiga ishonch bildirmaydi.

"Roma" hujumchi Temmi Abraxamni sotib yubormoqchi, deya xabar berdi "Calciomercato".



Rimliklar futbolchini 30 million evroga baholashmoqda. 

Ko'rinishidan, "bo'rilar" jarohati tufayli mavsumning asosiy qismini o'tkazib yuborgan angliyalik bilan hisoblashmaydi. 26 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda bor-yo'g'i 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

"Chelsi"dan ijaraga olingan yana bir forvard Romelu Lukaku ham "Roma"ni tark etishi mumkin. Tomonlar futbolchini sotib olish borasida kelisholmayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato