"Roma" himoyachisi "Napoli"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024
Futbolchi faoliyatini Neapolda davom ettiradi.

"Napoli" ijtimoiy tarmoqlarda "Roma" himoyachisi Leonardo Spinaccola transferini e'lon qildi. Neapolliklar kelishuv tafsilotlarini oshkor qilishmadi.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, italiyalik Neapolitan klubiga erkin agent sifatida o'tgan. Tomonlar 2026 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.

Spinaccola "Roma"da 2019 yildan beri to'p tepib keladi. 31 yoshli himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sscnapoli.it