Roma himoyachisi Maykon jarohatini davoladi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2015, 09:00
Roma klubi o'ng qanot himoyachisi Duglas Maykon maydonga qaytishga yaqin.
Maykon mavsumning kattagina qismida tizzasidagi jaroatni davoladi. U bu mavsum Italiya A seriyasida 14ta o'yin o'tkazdi.

Yaqinda braziliyalik futbolchiga yana jamoa bilan birga ishlash uchun ruxsat berildi, deb xabar bermoqda La Repubblica nashri.

Maykon 19 mart kuni Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru