“Roma” futbolchilari 10 million evro miqdorida mukofot puli olishlari mumkin

24 okt 2013, 14:20
“Roma” futbolchilari Italiya chempionatida g'olib chiqa olsalar, ularga 10 million evro miqdorida mukofot beriladi, deb xabar beradi La Stampa.

Agar Rudi Garsiya shogirdlari ushbu mavsumda skudettoni qo'lga kirita olsalar, ularga 9,711 million evro miqdorida mukofot beriladi. Agar o'yinchilar Italiya Kubogini ham qo'lga kiritsalar, unda ularga beriladigan mukofot puli 10,388 millionga etadi.

Agar “Roma” mavsumdagi eng minimal natijani, yani Chempionlar ligasida saralash bahslaridan o'ta olsa, unda futbolchilar 4,901 million evro ishlab olishadi.

Eslatib o'tamiz, “Roma” A Seriyasidagi 8 ta turdan so'ng, musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.


Manba: sports.ru