

O'yinchi uchun hozirda "Roma" va "Napoli" kurashmoqda. Oldinroq, argentinalikning xarididan "Inter" voz kechgan edi.
Qayd etish kerakki, "Napoli" hali tijoriy muammolar sabab futbolchining transferi bo'yicha rasmiy taklif bera olmaydi. Shu sabab, Dibala uchun bosh da'vogar "Roma" bo'lib qolmoqda. Rimliklar futbolchining xaridi bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Forvard o'tgan mavsum Turin klubi tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.



