"Roma" Depayni ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2016
"Manchester Yunayted" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining xizmatlariga "Roma" qiziqmoqda.

Rimliklar yanvarda Muxammad Salax Afrika millatlar Kubogi tufayli jamoani tark etishidan havotirda. Shu sababli ular Depayni ijaraga olishmoqchi.

"Manchester Yunayted" Depayni ijaraga berishga qarshi emas, ammo "Roma"dan kelajakda uni xarid qilish borasida kafolat olmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport