"Roma" Depayni ijaraga olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016, 11:40
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Memfis Depay qishki transfer oynasida ijara asosida "Roma"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi 15 yanvardan 5 fevralgacha Misrda bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar Kubogiga yo'l oladigan Muhammad Salax o'rnini to'ldirmoqchi.

Oldinroq 22 yoshli gollandiyalikka "Spartak" ham qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Futbolchi 2015 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgan. Joriy mavsumda Depay 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Сalciomercato