"Roma" Boateng bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
28 may 2021
Himoyachi Jerom Boateng yozgi transfer oynasida "Roma"ga o'tishi mumkin.

Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu 32 yoshli germaniyalik o'yinchini taklif qilishga qiziqmoqda.

Boatengning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi, shu sabab u yangi klubiga tekinga tushadi.

Boateng joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport