
Rimliklar “Barselona B”dan hujumchi Antonio Sanabriyani 3 million evroga sotib olishadi va “Sampdoriya” yoki “Sassuolo”ga ijaraga berishadi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Eslatib o'tamiz, 17 yoshli paragvaylik futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Bundan oldin Sanabriyaga “Chelsi” va “Arsenal” klublari ham qiziqishayotgan edi.