"Roma" Azmun uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
24 avg 2023, 17:27
"Bayer" hujumchisi Syerdar Azmun faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli eronlik futbolchiga "Roma" da'vogarlik qilmoqda. Rim klubi futbolchi uchun "Milan" bilan kurash olib boradi. Azmun tez orada bir qarorga kelishi kutilmoqda.

Azmun o'tgan mavsum leverkuzenliklar safida 33 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano