

"Roma" himoyachisi Kris Smolling klub bilan shartnomasini uzaytirdi, deb xabar berdi "Corriere dello Sport". Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.
Smolling Rim klubida 2020 yildan buyon to'p tepmoqda. 33 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



