Roma APLdan hujumchi sotib olmoqchi

Khoja
26 apr 2025
Nottingem Forest hujumchisi Kallum Xadson-Odoi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli hujumchiga Rimning Roma jamoasi qiziqish bildirmoqda. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi va shu sababli rimliklar hujumchini arzonroqqa sotib olishni reja qilishgan.

Ma'lumot uchun, Kallum Xadson-Odoi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. uning hisobida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 24 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com