Roys va Buffon hazilomuz aytishuvda ishtirok etdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2015
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys va "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon Chempionlar ligasi 1/8 finali uchrashuvidan oldin xazilomus aytishuvda ishtirok etishdi.

- Roys: Xoy Jiji, sizni Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topishganmi?

- Buffon: Yo'q. Senda ettita Italiya chempionligi sovrini bormi?

- Roys: Yo'q. Siz bir mavsumda "gol+pas" tizimi bo'yicha 40 ochko to'plaganmisiz?

- Buffon: Yo'q. Ammo sen 5ta jahon chempionatida ishtirok etganmisan?

- Roys: Yo'q. Ammo siz milliy terma jamoadagi birinchi o'yinda gol urganmisiz?

- Buffon: Yo'q-yo'q-yo'q. Senda Italiya terma jamoasi safida 60ta quruq o'yin bo'lganmi?

- Roys: Yo'q. Sizni o'tgan mavsum Yevropa 5ta kuchli chempionatlarining eng yaxshi futbolchilar ro'yxatiga qo'shishdimi?

- Buffon: Yo'q. Sen tarixdagi eng qimmat darvozabonmisan?

- Roys: Yo'q. Siz Berlindagi Chempionlar ligasi finalida ishtirok etganmisiz?

- Yo'q. Ammo sen ham ishtirok etmagansan - deya yakunladi Buffon.



Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com