Rojers "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamadi

Alisher
21 apr 2021
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Tottenxem"ni boshqarishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Bu futbol, atrofda doim bo'sh o'rinlar borasida mish-mishlar bo'ladi. "Tottenxem" - fantastik, katta klub, ammo men e'tiborimni "Lester"ga qaratganman. Biz hali loyihamiz ustida ko'p ishlashimiz kerak.

Hali menda quvvat bor ekan, men baxtliman va ko'ryapmanki, bu chorlovlar davom etadi, men bu yerda bo'lishdan juda ham baxtliman. Mish-mishlarni nazorat qilib bo'lmaydi, ammo men bu haqda o'ylamayman", - deydi Rojers.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" 19 aprelda natijalar sabab Joze Mourinyuni iste'foga chiqarib yubordi.


AlisherMuallif
Manba: Talksport