

"Barselona"ga qarshi bahs - bu doimo yaxshi darsdir. Biz bu jamoaning ko'plab elementlaridan foydalanmoqchimiz. Masalan, "Barsa"ning pressingi juda kuuchli, to'pga egalik qilish jihati esa barchani hayron qoldiradi. Bugun ular bo'sh joylardan juda unumli foydalanishdi, futbolchilarning yuqori mahorati bunga imkon berdi. Ikkinchi bo'limda biz pressingga e'tibor berib, agressivroq o'ynadik va birinchi bo'limdan ko'proq imkoniyat yaratdik" - deydi Rojers.



