Rojers: "Barcha yangi futbolchilardan ko'nglim to'q"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2015, 16:41
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoadagi yangi futbolchilar o'yiniga baho berdi.

"Menimcha, ularning barchasi o'z vazifasini yaxshi uddalayapti. Milner meni hayron qoldirdi, hujumni qo'llab turgan Klayn haqida gapirmasam ham bo'ladi.

Benteke natijadan xafa bo'ldi, chunki u ikkinchi golni urishi mumkin edi. Ammo u yaxshi harakat qildi. Firmino ham o'yinimizga yaxshi kirishib ketdi. U hozircha Premer-ligaga ko'nikyapti.

"Bornmut"ga qarshi optimal tarkibni tanlay oldik deb o'ylayman" - deydi Rojers.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com