Roy Xojson: "Runi 19 mayga qadar formasini tiklab olmoqchi"
Tolibjon Qosimov
13 may 2014
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi JCH-2014ga qanday tayyorgarlik ko'rishini ma'lum qildi.
- Terma jamoa a'zolariga bir haftalik tatil e'lon qilingan. Ko'pchilik dam oladi. Ueyn bilan birga ikkita murabbiy ishlaydi. Runi 19 mayga qadar jarohatidan qutulib mashg'ulotlarni boshlamoqchi, - deydi Xojson The Guardian nashri.