Rodrigo: "Uydirma tarqatishni bas qiling"

Administrator
14 may 2025
Rodrigo "Real" uchun o'ynashni istamasligi haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi.

Avvalroq, vingerning kelgusi mavsumda o'zini klubda tasavvur qilolmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Braziliyalik futbolchi kecha "Real"ning mashg'ulotini shifokor kuzatuvida muddatidan oldin tark etdi - keyinchalik Karlo Anchelotti Rodrigoning oyog'ida muammolar borligini ma'lum qildi.

"Barcha xabarlar va g'amxo'rlik uchun tashakkur. Tez orada qaytaman. Uydirma to'qishni to'xtating", - deya yozdi futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.instagram.com/rodrygogoes