Rodrigo "Real"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Administrator
11 fev 2025, 22:17
"Real" forvardi Rodrigo klubdan ketishi mumkinligiga izoh berdi.

"Al Hilol" braziliyalik futbolchiga 140 mln evro miqdorida maosh taklif qilgan.

"Taklif qilayotganlari to'g'risida ko'p ham bilmayman. Madridda barchasidan roziman. Baxtliman va shu yerda uzoqroq qolishni xohlayman. Hozirda qanday taklif borligini bilmayman", - dedi Rodrigo.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: marca.com