Rodrigo "Real"dan ketishi haqidagi savolga javob berdi

Alisher
2 iyun 2024, 13:32
Rodrigo mish-mishlarga qaramay "Real"dan ketmasligini ma'lum qildi.

Oldinroq, "Madrid"ning 23 yoshli braziliyalik vingeri "Manchester Siti" haqida shunday degandi: "Bu eng yaxshi futbol o'ynaydigan dunyoning eng yaxshi jamoasi". Shundan so'ng "shaharliklar"ning forvardga qiziqayotgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek o'yinchi klubdagi mavqeini yo'qotsa, variantlarni ko'rib chiqishi takidlangandi.

"Albatta, men "Real"da qolaman. Nega ketishim kerak? Qolaman", – dedi Rodrigo Chempionlar ligasi finalidagi g'alabadan keyin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano