Rodrigo: "Men boshlang'ich tarkibda o'ynashni istayman"

Sherzod Nurmatov
18 mar 2023
"Real" futbolchisi Rodrigo Goes jamoadagi roli haqida gapirdi.

Madrid klubining braziliyalik iqtidorli o'yinchilaridan biri Rodrigo o'zini asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi kerak, deb hisoblaydi.

"Men xotirjam bo'lishga harakat qilaman. Men doim o'ynashni xohlayman va murabbiyga o'ynashim kerakligini aytaman. U menga xotirjam bo'lishim kerakligini aytadi.

Men uni hurmat qilaman, chunki bizda juda yaxshi o'yinchilar bor. Maydonga chiqqanimda jamoaga yordam beraman va men asosiy o'yinchilardan biri bo'lishni istayman.

Men Anchelotti bilan juda yaxshi munosabatdaman, u buyuk murabbiy. U har doim menga yordam beradi", – dedi Rodrigo Goes.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS