Rodri: "Ronaldudan bunday gap eshitish - g'alati"

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025
Rodri portugaliyalik Krishtianu Ronalduning "Oltin to'p" sovrini borasidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

"Ronaldu "Oltin to'p" Viniga topshirilishi kerakligini aytdi? Nima ham deya olaman, bu men uchun syurpriz bo'ldi, chunki u bu tizim qanday ishlashi, g'olib qanday usulda tanlanishini hammadan ham ko'proq va yaxshiroq biladi. Bu yil sovrin menga nasib qilishi  kerak deb hisoblagan jurnalistlarning bazilari, balki, vaqtida unga ham ovoz bergandir. O'ylashimcha, o'shanda Krishtianu ularning qarorini to'liq qo'llab-quvvatlagan".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia