Rodri: "Biz ularni yuta olamiz"

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2024
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Evro-2024 finali oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Angliyaga qarshi final 14 iyul kuni tunda 00:00da start oladi.

"Menga ingliz futbol madaniyati juda yaxshi tanish. Ularda o'yinni barcha jabhalarda boshqara oladigan juda ham iqtidorli jamoa bor. Ular yaxshi himoyalanishadi, juda yaxshi hujum uyuushtirishlari mumkin va standartlarni yaxshi ijro etishadi. Lekin, bizda ularni yuta olamiz degan ishonch bor", - deya Rodrining so'zlarini keltirdi "AS" nashri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS