Robson-Kanu: "Menga butun dunyodan takliflar tushmoqda"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2016, 13:14
Uels terma jamoasi hujumchisi Xal Robson-Kanu ko'plab klublardan taklif tushayotganini ma'lum qildi.

"Menga butun dunyodan takliflar tushmoqda. Premer-ligada o'ynamoqchi ekanligimni hech qachon yashirmaganman. Faoliyatimning 12 yilini o'tkazgan "Reding" bilan shartnomani uzaytirmadim. Jiddiy klublar menga qiziqib qolishdi. Evrodan oldin ham yaxshi takliflar bo'lgan edi, ammo turnirnidan so'ng qaror qabul qilishni istagan edim" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport