Robin van Persi: "Grinvud kelajakda ko'p narsalarga erishadi deb o'ylayman"

Alisher
17 dek 2019
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Robin van Persi "qizil iblislar"ning yosh futbolchisi Meyson Grinvud haqida fikr bildirdi.

- O'ylaymanki, Grinvud kelajakda ko'p ishlar qila oladi. U har bir o'yinda meni, uslubimni, texnikamni, chap oyog'imni va hattoki hujum qilish usullarimni o'xshatishga harakat qiladi.

Shuning uchun u oxir-oqibat "Manchester Yunayted"ning eng yaxshi futbolchilaridan bo'lishiga ishonaman, - deydi van Persi.

Eslatib o'tamiz, "uchar golland" 2012-2015 yillar davomida MYU sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: A Bola