Robertson o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi

Alisher
9 avg 2021, 07:53
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi.

Himoyachi Aleks Berenger bilan to'p uchun kurashda "Liverpul" futbolchisining to'pig'i g'ayritabiiy tarzda jarohat oldi.

O'yinchi seshanba kuni jarohatning jiddiyligini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Liverpul" "Atletik" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo