Robertson: "Bu avvalgi "Liverpul" emas. Biz qulashda davom etmoqdamiz"

Alisher
5 mar 2021, 11:11
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson APL 29-tur doirasidagi "Chelsi" (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Uydagi 5ta g'alabasiz o'yin - "Liverpul" uchun juda yomon natija. Biz hisobda ortda borayotganimizda adashishni boshladik.

O'tgan xizmatlarni eslashning keragi yo'q, o'tgan mavsum ancha oldin yakunlangan. Bu avvalgi "Liverpul" emas. Biz qulashda davom etmoqdamiz", - deydi Robertson.

"Liverpul" APLda 43 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal