Robertson: "Bizni pressing doimo qutqarib qolardi, ammo bugun..."

Mirjalol Normatov
29 may 2022
"Liverpul" hujumchisi Endryu Robertson YCHLda "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Kiyim almashtirish xonasi suv quygandek jim-jit edi. Finalda yutqazsang shunaqa bo'ladi doim.

Jamoamiz o'z pressingi bilan ko'p eslanadi. Bu bizni doimo qutqarib kelgandi, ammo bugun bizni qarshi hujumda "ushlashdi". Bu futbol.

Bunday raqiblarga qarshi gol o'tkazib yuborgandan keyin o'yinga qaytish qiyin bo'ladi. Ular qanday qilib o'yinni o'z tomoniga og'dirishni, g'alabaga olib borishni yaxshi biladi", - dedi Robertson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com