

“Men Romelu Lukakuga muxlislar yaxshi munosabat bildirganini ko'rib, o'zimni juda ham baxtli his etdim. U terma jamoadagi eng barqaror o'yinchi. U “Qizil iblislar” bilan birga bo'lgan vaqtida chindan ham rohatlanadi. Bu kundek ravshan. U o'yindan rohat olishi kerak bo'lgan o'yinchi. Agar unda shunday holat yuzaga keladigan bo'lsa, bilinki sizda Yevropaning eng kuchli hujumchilaridan biri paydo bo'ladi”,-deydi Martines.



