Roberto Martines: "Lukakuning maydonga tushishi katta so'roq ostida"

Tolibjon Qosimov
5 okt 2017, 12:14
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Romelu Lukakuning holatiga baho berib o'tdi.

Futbolchi terma jamoa ixtiyoriga to'pig'idagi jarohat bilan yetib bordi, endi u shanba kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Hozir Lukaku alohida shug'ullanmoqda. U kelganidan beri jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmayapti. Biroz sabrli bo'lishimiz kerak.

Uning shanba kungi o'yindagi ishtiroki katta so'roq ostida. Biz juma kuni qaror qabul qilamiz, lekin unga shanba kuni o'ynash og'ir bo'ladi. Shu sabab, u seshanba kuni Kiprga qarshi bahsda ishtirok eta oladi deb umid qilamiz.

Romelu o'ynashni xohlaydi. Uning to'pig'ida kichik jarohat bor. Muhimi, uning to'liq tiklanishi", - dedi Martines.

Lukaku JCH-2018 saralashida 10ta gol bilan to'purarlar poygasida uchinchi o'rinda bormoqda. Faqat Krishtianu Ronaldu (14ta) va Robert Levandovski (12ta) undan ko'p gol urgan.


O'xshash yangiliklar

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com