

"Natija biz uchun noxush bo'ldi. Bizda bir qancha imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin ularni golga aylantira olmadik. O'tkazib yuborilgan gol o'yinni o'zgartirib yubordi. Shundan so'ng biz bo'linib ketdik, o'yin oxirida kerakli hujumlarni tashkil qila olmadik. Birinchi o'tkazib yuborilgan goldan keyin barchasi barbod bo'ldi", - dedi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 2:0 hisobida marokashliklar foydasiga yakunlandi.



