Roberto Karlos: "Zidan uchun xursandman, ko'pchilik unga shubha bilan qaragandi"
Aslanov Jasurbek
29 apr 2016, 17:03
"Real" sobiq himoyachisi Roberto Karlosning fikricha, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z vazifalarini yaxshi bajaryapti.
"Zidan uchun juda xursandman, chunki ko'pchilik unga shubha bilan qaragandi. Ko'plab yulduz futbolchilar murabbiylikni eplay olishmaydi deyishardi. Ammo Zizu o'z vazifalarini a'lo darajada bajaryapti" - deydi Roberto Karlos.