Robert Levandovski: "Polsha San-Marino va Moldova bilan qiynalmadi xolos"

Tolibjon Qosimov
16 okt 2013, 15:27
Polsha bosh hujumchisi Robert Levandovski JCH-2014 saralashi doirasidagi Angliyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– Bizda imkoniyatlar bo'lgandi, ammo ulardan foydalana olmadik, – deydi Levandovski 90 minut nashriga. – Bazi vaziyatlarda mahorat, bazida esa omad yetishmadi. Bu faqat Angliyaga qarshi o'yinga taaluqli emas. Har bir o'yinda Polshaga nimadir yetishmasdi. Saralashda faqat San-Marino va Moldaviyaga qarshi o'yinda qiynalmadik xolos.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru