Robert Levandovski: "Oltin to'p" yaxshi. Ammo..."

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2021, 09:18
"Bavariya"ning polshalik futbolchisi Robert Levandovski bo'lajak "Oltin to'p" marosimi haqida gapirdi.

"Oltin to'p" haqida endi ko'p ham o'ylayotganim yo'q. Ko'p o'ylash g'alabaga yordam bermaydi. Mediadagi bunday ishlarga o'ralashib qolmoqchi emasman. Boshqa narsalarga e'tibor qaratishni maqul ko'raman. 

Albatta, "Oltin to'p" - ajoyib mukofot. Ammo marosimgacha va undan keyin ham boshqa qiladigan ishlarim ko'p", - dedi Levandovski. 

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" 29 noyabr kuni Parijda o'z egasiga topshiriladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bayern & Germany