

- Biz jarima maydoniga qadar bo'lgan hududda yaxshi harakatlangandik. Ammo jarima maydonchasi ichida samaradorlik yetishmadi. Shuningdek, bizga hujumlarni yakunlash uchun beriladigan oxirgi pas yetishmadi.
Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Biz o'yin jihatidan g'alabaga munosib harakat qildik. Ushbu o'yinni tahlil qilib, qayerda xatoga yo'l qo'yganimizni aniqlashimiz kerak.



