Robbi Kin dekabrda "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2016, 11:22
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Robbi Kin shartnomasi yakunlanganidan so'ng, dekabrda klubni tark etishini ma'lum qildi.

"Ajoyib besh yildan so'ng "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etaman. Bu buyuk klub tarixiga kirish men uchun sharaf bo'ldi.

Endi yangi chaqiruvlar vaqti keldi, futbolchilik faoliyatim davom etadi" - deydi Kin.

36 yoshli irlandiyalik olti mavsum davomida "Gelaksi"ga 3 marotaba MLS chempioni bo'lishga yordam berdi. Kin ushbu klubda 100 tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com