Robben va Riberi bilan shartnoma uzaytirilmaydi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 18:23
"Bavariya"ning yarim himoyachilari Frank Riberi va Aren Robben joriy mavsum oxirida klubni tark etishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi rahbariyati futbolchilarga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. 34 yoshli gollandiyalik va 35 yoshli fransiyalikning shartnomasi yozda yakuniga etadi va katta ehtimol bilan ular "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Riberi chet el klublari takliflarini ko'rib chiqishni boshladi. Robben esa "Bavariya"da qolmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany