
Ronaldo va Beyl o'ynamagan taqdirda ham bizga oson bo'lmaydi. Bizga umuman farqi yo'q kimlar tushishi yoki tushmasligi. Madriddagi bahsda "Real" himoyaviy o'yin ko'rsatgani bizni xayron qoldirdi. Biz agressivlik bilan o'yinni boshlashimiz va gol kiritishimiz zarur. Lekin shuni unutmaslik kerakki, raqib qarshi hujumlarda juda xavfli. "Real" uz tarixidagi 10- Chempionlar ligasini yutmoqchi. Biz esa ilk marta ketma-ket Yevropa Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan birinchi klub bo'lishni xohlayapmiz.