Robben: "Gvardiola bilan munosabatlarimiz joyida"

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 20:28
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben Menxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi o'yindan so'ng bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan munosabatlari yomonlashib qolganini rad qildi.
O'yin vaqtida murabbiy himoyaga tez qaytmagani uchun Robbenga bir necha bor baqirdi. Uchrashuv tugaganidan so'ng gollandiyalik futbolchi murabbiyga qattiq qarab qo'ydi.

"O'rtamizda hech qanday nizo yo'q, barchasi mish-mish", - deydi Robben.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net