

Germaniya nashrining ma'lum qilishicha, futbolchi YCHLning "Liverpul"ga qarshi 1/8 final javob bahsida maydonga qaytadi. Mazkur to'qnashuv 13 mart sanasiga belgilangan. Gollandiyalik 35 yoshli yarimhimoyachi o'tgan yilning noyabrida chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Robben joriy mavsum myunxenliklar safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va ikki bora gollarga hammualliflik qilgandi.



