Robben YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 22:55
“Bavariya” yarim himoyachisi Aren Robben Yevropa chempionlari ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi.

33 yoshli xavbek nimchorak finalning  “Bavariya- “Arsenal” uchrashuvida raqib darvozasini qoyilmaqom tarzda ishg'ol etgan edi.

UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovda gollandiyalik futbolchi muxlislarning 38% ovozini to'pladi. Keyingi pog'onalarni Karim Benzema (24%), Ederson (23%) va Anxel Di Mariya (15%) egallashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти