Robben "Beshiktosh"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
13 mar 2018, 18:06
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben YCHL 1/8 finali doirasida "Beshiktosh"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Goal nashri xabariga ko'ra, shifokorlar 34 yoshli futbolchida jiddiy jarohat borligini aniqlashgan. Shu sababli u oldindagi uchrashuv ro'yxatiga kiritilmadi. Eslatib o'tamiz, tomonlarning Germaniyada kechgan bahsida myunxenliklar 5:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

"Beshiktosh" - "Bavariya" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com